Rossiyaning Artyom shahri ko`chalarida daydib yurgan yo`lbars qidirilmoqda

14:42, 06 oktabr

Rossiyaning Artyom shahri ko`chalarida sayr qilib yurgan yo`lbarsni hozircha qidirib topishning iloji bo`lmaganligi sababli zoologlar yirtqichni qidirish ko`lamini kengaytirdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.  

4 oktyabr kuni avtoregistrator tomonidan shahar ko`chasida avtomobil qarshisidan yugurib o`tayotgan yo`lbars suratga olingan. Bu videodan keyin shahar aholisi yo`lbars xavfi haqida zudlik bilan ogohlantirilgan. Yo`lbars paydo bo`lgan joyga ovchilar etib kelgan. 

Oradan ikki kun o`tganiga, qidiruv ko`lami kengayganiga qaramay, yo`lbars hali topilmagan. Uzoq Sharqning “Amur yo`lbarsi” nomli markazi direktori Sergey Aramilevning ma`lumot berishicha, Amur yo`lbarsi juda ehtiyotkor bo`lgani bois, uni tutish juda ham qiyin. U ortidan faqat g`ajilgan hayvon (ba`zan inson) suyaklarini qoldirganidan keyingina bu uning ishi ekanligini aniqlash mumkin. Ovchilar guvohlarning ko`rgazmalariga umid qilmoqda. Olimlarning fikricha, yo`lbars shaharga tasodifan kelib qolgan, bu erdagi shovqindan yana taygaga qochib ketgan degan faraz ham mavjud. Voqeaga oydinlik kiritilmaguncha, Amur yo`lbarsini qidirish ishlari to`xtatilmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!