Qanday otasiz? Burjingizga qarab tashxis

14:50, 06 oktabr

Hamal

Ideal otalar safining avvalidan o`rin egallangan burj vakillari farzandlarining yonida butun dunyoni unutishadi. To`g`ri, talabchanliklari, qattiqqo`liklari bor, ammo xarakteridagi bu jihatlar bolam odam bo`lsin degan maqsadga qaratilgan. Yoshlari ulg`aygani sari esa bolalari bilan dildan suhbatlashadigan va sirdoshga aylanishadi.

Savr

Dilbandlarini juda kuchli muhabbat bilan yaxshi ko`ruvchi «savr»lar iloji boricha bolalarini ranjitmaslikka harakat qilishadi. Farzandlarida umidlarining ro`yobini ko`rishni istaydi. Prinsiplariga sodiqliklari sabab bolalaridan ham barcha qoidalarga amal qilishni talab etadilar.

Javzo

O`g`il-qizi bilan diplomatik aloqalarni yo`lga qo`yishgani tahsinga sazovor. Jigargo`shalarini tinglashni biladi, ularning istaklari bilan hisoblashadi. Bolalari bilan bolalikni qayta boshdan kechirishadi. Shundanmi, ular eng samimiy otadirlar.

Saraton

Hayotidagi eng katta maqom bu — otaligi! Eng muhimi esa farzandlarining unga nisbatan muhabbati. Hissiyotlarini bolalaridan yashirmaydi. Farzandlarini o`z qolipiga solishdan qo`rqadi. Shu sababdan doim ularga imkon beradi.

Asad

Nomi fe`liga mos «asad»lar oilada mening so`zim so`z deydiganlardan. Farzandlari ham dadasining nigohlaridanoq hammasini tushunib olishadi. Shu bilan birga, bu burj vakillari ota sifatida juda ta`sirchan. Ayniqsa, dilbandlari xastalansa, ko`zlariga dunyo tor ko`rinib ketadi.

Sunbula

Ishdan ortishmaydi. Xuddiki, bolalariga e`tibor qaratmaydigandek. Aslida ularga eng yaxshisi va a`losini ravo ko`rgani uchun ham tinim bilmaydi. Lekin o`g`il-qizi bilan aniq fanlardan uy vazifalarini ishlashni, qiziqarli jumboqlarga javob topishni juda yaxshi ko`rishadi.

Mezon

Biroz ko`nglibo`shdirlar. Biroq tarbiyaning oltin yo`lini tutadilar. Farzandlarini turli to`garaklar, qo`shimcha darslarga qatnashi uchun sharoitlar yaratishadi. Aynan shu burj vakillari tarbiyalagan bolalar kelajakda etuk shaxslar bo`lishi isbotlangan ekan.

Aqrab

Farzand tarbiyasida ayolining fikrlarini inobatga oladi. Bolalarini jondan ortiq yaxshi ko`rishgani sabab ularni ko`pchilik nazaridan asrashadi. Ota-onalar majlisi, bolalarning tadbirlarini kanda qilmasliklari esa alohida xususiyat.

Qavs

Bu ma`suliyatli va haddan ziyod talabchan «qavs»larning otalik obrazidagi qiyofasini ham aniqlab ko`rib bo`lmaydi. O`g`il-qizini qanday yaxshi ko`rishlarini bildirishmaydi-da doim ham. Tarbiyada eng muhimi mas`uliyat, deb hisoblashadi. Shuning uchun kechikish, “ikki” baho kabilar jazolanishi mumkin.

Jadiy

Bolalari tarbiyasiga jiddiy yondashuvchi ushbu burj vakillari ularga xuddi kattadek munosabatda bo`ladi. Buni doim ham oqlab bo`lmaydi. Axir bola — bola-ku! Yolg`onga toblari yo`qliklari sabab jadiy otalarning farzandlariga boshga qilich kelganda ham rost so`zlashni tavsiya etamiz.

Dalv

Jondan aziz ko`ruvchilari uchun barcha sharoitni yaratishadi. Bolalari ijodiy va mantiqiy mashg`ulotlar bilan mashg`ul bo`lishini istashadi. O`g`il-qizini quchib-erkalayvermasliklari ularning toshbag`irliklaridanmas. Shunchaki tuyg`ularini namoyon etishni bilishmaydi.

Hut

Ma`lum bir tartib-qoidalarga bo`ysinmaydigan «hut» otalar bilan bolalar doim vaqtni maroqli va qiziq o`tkazashadi. Ayniqsa, ular bilan turli sport o`yinlariga qatnashish jonu dili. Shu vajdanmi, qizlariga ham o`g`il boladek munosabatda bo`lishadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!