Piyoz po`chog`i prostataga davomi?

14:59, 06 oktabr

— Turmush o`rtog`im prostata bezi kasalligi tufayli ko`p azob chekadi. Eshitishimcha, chet elda prostatitni oddiy piyoz po`chog`i bilan davolasharkan. Shu haqda ma`lumot bersangiz.

Komila Turdieva, Samarqand viloyati.

Shavkat Usmonov, urolog shifokor:

— Koreyaliklar prostatitga piyoz po`chog`ining davo ekanini isbotlaganlar. Buning uchun yarim stakan piyoz po`chog`i sovuq suvda yaxshilab yuviladi. So`ng kostruldagi qaynoq suvga solib 3-5 daqiqaga past olovga qo`yiladi. Bir soatcha tindirib, dokadan suziladi. Bemor har kuni ovqatlanishdan oldin uch mahal shu “dori”dan ichib tursa darddan  forig` bo`ladi.

Umuman piyoz po`chog`i qaynatmasi buyrak ishini yaxshilaydi, organizmdan zaharli chiqindilarni chiqarib yuboradi, peshob yo`llaridagi qumlarni ham haydaydi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!