O`zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboev jahon chempionati sovrindori bo`ldi

15:30, 06 oktabr

O`zbekistonlik yosh shaxmatchi Nodirbek Yoqubboev Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo`yicha 14, 16 va 18 yoshli shaxmatchilar o`rtasida o`tkazilgan jahon chempionatida bronza medalni qo`lga kiritdi.

Nufuzli musobaqada dunyoning oltmishdan ziyod davlatidan to`rt yuzdan ortiq yosh shaxmatchi g`oliblik uchun o`zaro bahslashdi.

Jahon chempionatining 14 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtasidagi bahslarida qatnashgan Nodirbek Yoqubboev o`n bir imkoniyatdan sakkiz ochko jamg`ardi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Iqtidorli shaxmatchimiz musobaqada shri-lankalik Tilakartne, braziliyalik Lukas Pikkoli, xitoylik Xongchi Peng, latviyalik Ilya Semyonovs, AQSh vakili Devid Peng, rossiyalik Yaroslav Remizov va ukrainalik Kirill Shevchenkoni mag`lubiyatga uchratib, kanadalik Eugene Xua va AQSh vakili Gebriel Sem bilan durang o`ynadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!