“Novza” chorrahasida yuz bergan YTH oqibatida 1 kishi halok bo`ldi(Foto)

16:07, 06 oktabr

5 oktyabr tongida Toshkent shahrida yirik yo`l transporti oqibatida 1 kishi hayotdan ko`z yumdi, deb xabar beradi “kun.uz”.

Yo`lovchi tashuvchi avtobus katta tezlikda kelayotgan Lacetti rusumli avtomobil bilan to`qnashishi natijasida ana shunday mudhish holat yuz berdi.   

Metroning “Novza” bekati chorrahasi, aniqrog`i, Muqimiy va Bunyodkor ko`chalari chorrahasida 5 oktyabr, soat 5:30-6:00lar atrofida yo`lovchi tashuvchi avtobus va Lacetti rusumli avtomobillar o`zaro to`qnashib ketdi.

Muqimiy ko`chasidan kelayotgan avtobus Bunyodkor ko`chasi bo`ylab harakatlanayotgan engil mashinaga borib uriladi.

Buning oqibatida engil mashina haydovchisi bo`lgan ayol kishi voqea joyida jon bergan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!