Yagona portalda gaz ta`minotini vaqtincha to`xtatib turish uchun ariza yuborish xizmati ishga tushdi

16:38, 06 oktabr

Yagona portaldagi kommunal xizmatlar sohasi ro`yxati yangi – “Gaz ta`minotini vaqtincha to`xtatib turish yoki qayta tiklash uchun elektron ariza taqdim etish” xizmati bilan to`ldirildi. Xizmat O`zbekiston Respublikasining barcha hududi bo`ylab “Uztransgaz” AK tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko`rsatiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun elektron ko`rinishdagi arizani to`ldirib, hech qanday to`lov amalga oshirilmasdan jo`natish lozim, chunki xizmat bepul amalga oshiriladi. Ariza ro`yxatga olingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tuman (shahar) tabiiy gaz ta`minoti muassasasi mutaxassisi arizada ko`rsatilgan manzilga gaz ta`minotini to`xtatib turish yoki qayta tiklashni amalga oshirish uchun tashrif buyuradi.

Foydalanuvchilar diqqatiga, “Uztransgaz” AK yangi xizmatidan foydalanish uchun tabiiy gaz ta`minotini qayta tiklash uchun tashrif buyurgan mutaxassisga arizachining foydalanilgan tabiiy gaz uchun qarzi yo`qligini tasdiqlovchi hujjatlar (kvitansiya, cheklar va bosh.) bo`lishi kerak.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!