Olimlar o`limdan keyin ham hayot davom etishini isbotladi

16:41, 06 oktabr

Britaniyalik olimlar o`limdan keyin hayot borligini isbotlashdi, deb xabar berdi “Newsbuzz.ru” nashri.

Sautgempton universiteti tadqiqotchilari ikki ming nafar odam ishtirokida bir qator tadqiqotlar o`tkazishdi. Bu odamlarning hammasi yurak to`xtashi va klinik o`limni boshdan kechirishgan. Ularning javoblari tahlil etilganda, vrachlar bemorni vafot etdi, deb tan olganda ham murda fikrlashda davom etishini ko`rsatdi.   

Eslatib o`tamiz, ilgari olimlar inson vafot etgandan keyin yarim daqiqa o`tgach, miya qon kelmagani sababli o`ladi deb taxmin qilishgan edi. Ammo narigi dunyo bo`sag`asidan qaytgan insonlar vrachlar rasmiy ravishda o`limni qayd etgandan keyin ham uch daqiqa davomida fikrlashdan to`xtamaganliklarini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!