David Vilya: Ronalduning buyukligini tan olish kerak, ammo Messi – dunyodagi eng zo`ri

17:58, 06 oktabr

Ispaniyaning “Valensiya” va “Barselona” klublari sobiq hujumchisi, ayni damda “Nyu-York Siti” jamoasi a`zosi David Vilya "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” etakchisi Lionel Messini o`zaro taqqosladi.

“Ronalduning buyuk ekanini tan olish kerak. Agar shunday qilmasam men ikkiyuzlamachi bo`lib qolaman. Ammo hammaning o`z fikri bor. Messiga keladigan bo`lsak, u dunyo futboli tarixida eng zo`ri bo`lib qolaveradi”, – dedi Vilya.

Eslatib o`tamiz, biroz avval “Bavariya” himoyachisi David Alaba Krishtianu Ronaldu Messidan ko`ra kuchliroq ekanini aytgandi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!