JCh–2018 saralashi. O`zbekiston termasi Toshkentda Eronga mag`lub bo`ldi

19:55, 06 oktabr

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 3-turida Eron futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tgan o`yinda eronliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. O`yinning 27-daqiqasida Jalol Husayni jarima zarbasidan uzatilgan to`pni boshi bilan Aleksandr Lobanov darvozasiga kiritdi.

JCh–2018 saralashi. “A” guruhi, 3-tur

O`zbekiston – Eron 0:1

Gol: J.Husayni (27)

O`zbekiston: 21. Aleksandr Lobanov, 2. Egor Krimes , 5. Anzur Ismoilov, 7. Aziz Haydarov, 8.Server Jeparov (15. Aleksandr Geynrix, 40), 10. Sardor Rashidov, 11. Igor Sergeev, 18. Otabek Shukurov, 19. Vitaliy Denisov, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 23. Eldor Shomurodov

Eron: 12. Alirizo Bayranvand, 3. Ehson Xojisafi, 4.Jalol Husayni, 5. Milod Muhammadi, 6. Said Izzatullohi, 7. Ma`sud Shojai, 8. Murtazo Purilaganji, 11. Vohid Amiri, 16. Rizo Guchannajod, 17. Mehdi Taremi, 23. Ramin Rizoyan

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!