Karlush Keyrush: O`zbekistonga hujum qilishga imkon bermadik

08:12, 07 oktabr 2016

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O`zbekiston – Eron uchrashuvidan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrish o`yin haqidagi fikrlarini bildirib o`tdi.

“O`yin ikki jamoa uchun qiyin kechdi. Ammo, menimcha, bugun biz g`alabaga munosibroq edik. O`zbekiston terma jamoasi maydonning o`ziga tegishli qismida to`pni nazorat qilib, uzoq masofaga havodan to`p uzatish bilan band bo`ldi. Biz bunday holatda to`pni egallab, qarshi hujumga tezkorlik bilan o`tib, vaziyatlar yaratishga harakat qildik.

Menimcha, bugun O`zbekiston terma jamoasining bunday o`yin namoyish etganiga “aybdor” bizmiz. Mening futbolchilarim taktik jihatdan juda tartibli o`yin namoyish qildik va ularning vaziyatlar yaratishi uchun barcha yo`llarni yopib, ularga hujumda imkon bermadik. O`zbekiston bugun Qatar va Suriyaga qarshi o`yinlardagiga nisbatan tezkorroq harakat qildi. Ammo Eron bugun o`z oldiga qo`ygan rejasini to`liq bajardi va shu sababdan ham g`alaba qozondik.

O`zbekistonga qarshi Eron bosh murabbiyi sifatida bir necha bor to`qnash kelganman. Eng qiyini Tehronda, o`z maydonimizda bo`lgan.

Shuni ham ta`kidlashni istardimki, g`alaba albatta yoqimli, lekin bu bor yo`g`i, biz qo`lga kiritishim lozim bo`lgan 30 ochkoning uchtasi xolos. Boshqa tomondan aynan mana shu g`alaba, bizni o`sha 30 ochko tomon yaqinlashtirdi. Bugungi g`alaba bilan futbolchilarimni tabriklayman”, deydi Karlush Keyrush.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!