JCh–2018. Italiya va Ispaniya jangovar durang qayd etdi (Video)

09:04, 07 oktabr

Evropa qit`asidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichida Italiya terma jamoasi o`z maydonida Ispaniya futbolchilarini qabul qildi.

Anchagina qiziqarli o`tgan bahsda 1:1 hiosbidagi durang qayd etildi. Avvaliga Vitolo Buffonning xatosidan so`ng hisobni ochgan bo`lsa, keyinchalik de Rossi penaltidan gol kiritib, hisobni tenglashtirdi.

O`yin yakuniga qadar hisob o`zgarmadi va tomonlar jangovar durangga imzo chekdi.

Italiya – Ispaniya 1:1
Gollar:
0:1 – 55 Vitolo, 1:1 – 82, penalti de Rossi.
Italiya – Buffon, Romanoli, Bonuchchi, Bardzali, De Shilo, de Rossi, Montolivo (Bonaventura, 30), Parolo (Belotti, 76), Florensi, Eder, Pelle (Immobile, 60).
Ispaniya – De Xea, Ramos, Alba (Nacho, 22), Karvaxal, Pike, Buskets, Koke, Silva, Inesta, Vitolo (Alkantara, 84), Diego Kosta (Morata, 67).
Ogohlantirishlar: Buskets (27), Vitolo (44), Diego Kosta (45), Parolo (49), Bonaventura (62), Ramos (76), Pike (85), Bonuchchi (86).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!