Tvorogdan 6 xil desert

09:57, 07 oktabr

+ BANAN

200 gr. tvorogga bitta bananni mayda to`g`rab aralashtiring. 1 choy qoshiq qand upasi qo`shing. So`ngra desert idishchasiga solib, ustini pechene uvog`i bilan bezating.

+ MEVA JEMI

200-250 gr. tvorogni ta`bga ko`ra asal bilan aralashtiring. Desert idishiga quyidagi tartibda masalliqlarni joylashtiring. Avval 1 osh qoshiq tvorog + meva jemi + tvorog + meva jemi. Eng ustki  qavatiga maydalangan eryong`oq sepish mumkin.

+ MALINA

Bir stakan malinani qoshiq yordamida ezg`ilab oling. So`ngra 200 gr.tvorogga qo`shing. Ta`bga ko`ra, asal yoki qand upasi solsa ham bo`ladi. Desertni idishchaga joylab, atrofini malina mevasi yoki yong`oq bilan bezatishingiz mumkin.

+ ShOKOLAD

200 gr. tvorogni mikser yordamida ko`pirtirib oling. 2 osh qoshiq shakar qo`shing. Desert idishining tagiga tayyor makkajo`xori qalamchalarini soling. Ustidan tvorogni joylang. Shokoladni bug`li vannada eritib, desert ustidan quyib chiqing.

+ MURABBO

Avval bir quti jelatinni sovuq suvda solib, bo`ktirib qo`ying. So`ngra bug`li vannada eritib, malina yoki olcha qiyomiga qo`shasiz. Qiyom qotib qolmasidan turib, desert idishining tagiga joylang. Ustidan shakar bilan aralashtirilgan tvorogni soling. Desert ustini ta`bga ko`ra murabbo doni bilan bezatishingiz mumkin.

+ PEChENE

Jelatinni sovuq suvda bo`ktirib, so`ng bug`li vannada eriting. Shundan keyin 200 gr. tvorog va shakar aralashmasiga qo`shasiz. Tayyor pechenelar orasiga tvorogli aralashmani surtib, ustidan eritilgan shokolad quyib chiqing.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!