Iroq transport vaziri mamlakatda ilk aeroportni o`zga sayyoraliklar 7000 yil ilgari qurganligini ma`lum qildi

10:09, 07 oktabr

Iroq transport vaziri Kozim Finjon jurnalistlarga o`zga sayyoraliklar eramizdan 5000 yil ilgari Iroqda ilk aeroportni qurgani haqidagi shov-shuvli ma`lumotni ma`lum qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

U bu haqda Nosiriya shahrida ochilgan aeroport sharafiga o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lumot berdi. Finjonning aytishicha, Er yuzidagi ilk aeroportni aynan shu erda bundan 7000 yil ilgari o`zga sayyoraliklarning yordami bilan qadimgi shumerlar bunyod etgan. 

Vazirning fikricha, qadimgi aeroportdan kosmik tadqiqotlar o`tkazish maydoni sifatida foydalanilgan. Bu kosmodromdan uchirilgan havo kemasi yordamida Pluton va afsonaviy Nibiru sayyoralari kashf qilingan.

Finjon matbuot anjumani ishtirokchilariga bu ma`lumotlarni Semyuel Kramerning kitobini o`qib, bilib olganini bayon qildi va jurnalistlarga ham shu asarni o`qib chiqishni tavsiya qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!