Tomoq og`rig`ining 6 ta xalqona davosi

10:16, 07 oktabr

Tuz va soda

1 stakan iliq suvga 1 choy qoshiq yirik tuz va yarim choy qoshiq iste`mol sodasi aralashtiring. Ertalab uyqudan turgach, hech nima emay-ichmay turib, tomog`ingizni shu aralashma bilan chaying.

Sut va sarimsoq piyoz

Bir necha bo`lak sarimsoq piyozni maydalab, bir stakan sutga aralashtiring. Aralashmani qaynatib, sovuting. Kuniga bir necha marta 1 osh qoshiqdan qabul qilinadi.

Limon va asal

Bitta limonni parrak qilib to`g`rab, ustidan 1 choy qoshiq asal quying. Kun davomida shu limonni eb tugatish kerak.

Sut va piyoz

1 stakan sutni qaynating. O`rtacha kattalikdagi 1 bosh piyozni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazib, ustidan qaynoq sut quying-da, yaxshilab aralashtiring. 10 daqiqa tindirib qo`yib, yarim soat ichida iliq holdagi aralashmani ichib tugatish lozim.

Tog`rayhon (jambil)

3-4 tomchi jambil moyini (dorixonalarda sotiladi) bir stakan iliq suv yoki sutga tomizing. Har kuni 3 mahal ichib turiladi.

Tuxum

Bitta tuxumni ko`pirtirib, ustiga 2 stakan iliq sut, 1 choy qoshiq asal va yana shuncha sariyog` qo`shing. Hammasini yaxshilab aralashtirib, tungi uyqudan oldin ichiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!