“Islom ota” jome` masjidi ochilishi munosabati bilan ehson oshi berildi(Foto)

10:59, 07 oktabr

Toshkentdagi «Islom ota» jome` masjidi yangi binosining ochilishi munosabati bilan 6 oktyabr kuni tongda ehson oshi berildi. Marosimdan fotoreptoraj Facebook ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilindi, deb yozadi “Daryo”. 

Marosim taklifnomasida qayd etilishicha, tadbir “‘Islom ota’ jome` masjidi yangi binosining ochilishi shukronasi hamda marhum Yurtboshimiz Islom Karimov ruhi poklariga savobi etsin degan umidda” tashkil etilgan.

“Islom ota” jome` masjidi jamoasining ma`lum qilishicha, masjidning yangi binosi “Yurtboshimizning kenja qizlari Lola Karimova-Tillaeva va kuyovlari Timur Tillaev homiyligida” butkul qayta qurilgan.















Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!