Viktoriya Bekxem moda sohasida yo`l qo`ygan xatolarini tan oldi

11:17, 07 oktabr

Britaniyalik dizayner Viktoriya Bekxem o`zining moda sohasida yo`l qo`ygan jiddiy xatolarini tan oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

“Qachonlardir vinil kombinezon kiyishni oddiy hol, deb hisoblardim”, deydi kulib Bekxem. Dizaynerning aytishicha, o`g`li Romeoga homiladorligining to`qqizinchi oyida “Disneylend”ga Christian Louboutin tuflisida borgan.

Hozirda modeler yorqin rangli liboslarni kiyishni xush ko`radi. U kameraga tushishga tayyor holda kiyinib yuradi. Bundan tashqari, Viktoriya oilasida kiyimlar kolleksiyasi eng ko`p bo`lgan odam o`ziligini, turmush o`rtog`i Devid Bekxem undan keyin ikkinchi o`rinda turishini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!