Shahzoda Matchonova bo`lajak turmush o`rtog`ini uchratganini tan oldi

11:24, 07 oktabr

Aktrisa Shahzoda Matchonova o`zini ozg`inlikda ayblaganlarga javob qaytardi. Uning so`zlaridan bo`lajak turmush o`rtog`ini uchratgani ham ma`lum bo`ldi.  

“Menga har doim ozg`inligim haqida aytishadi. Odatda bunday gaplar ayollardan chiqadi. Yana bu ayollarning o`zlari butun umr parhezda o`tiradi. Albatta men bunday gaplardan xafa bo`lmayman. Shaxsan menga mana shunday xushbichim bo`lish yoqadi. Xudo meni shunday yaratgan, menga o`zimning gavdam yoqadi va men o`zimni hech qachon ovqatdan tiymayman. Men istagan narsamni eyman. Aytgancha, sevgan insonim meni shu holimcha sevib qolgan va hech qachon semirib ketmasligimni so`raydi. Men o`zim hech qachon birovlarga maslahat bermayman, ularni o`qitmayman va tanqid qilmayman. Men uchun agar insonning qalbi chiroyli bo`lsa, undagi barcha narsalar go`zal bo`ladi”,—deb yozdi Shahzoda o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!