Samarqandda kasb-hunarga o`qitish markazi ochildi

11:29, 07 oktabr

Samarqand shahrida O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O`zbekistonda kasb ta`limi imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan kasb-hunarga o`qitish markazi ish boshladi. 

Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Kim In Shik rahbarligidagi delegasiya Samarqandga keldi, deya xabar beradi O`zA. 

Mehmonlar O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri E.G`aniev, mehnat vaziri A.Abduhakimov hamrohligida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Kim In Shik Islom Karimov qabriga gul qo`ydi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

O`zbekiston Mehnat vazirligi va KOICA hamkorligida hayotga tatbiq etilayotgan “O`zbekistonda kasb ta`limi imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida mamlakatimizda kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar, ish bilan band bo`lmagan aholi mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblarga tayyorlanmoqda. Bu yo`nalishda 2012 yilda Toshkent shahrida kasb ta`limi markazi ish boshlagan edi. O`tgan davrda mazkur markazda ikki mingdan ortiq yosh ta`lim oldi va mutaxassisligi bo`yicha ish bilan ta`minlandi. 

2015 yilda Samarqand shahrida avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish, payvandlash va chilangarlik, elektr va elektronika, axborot texnologiyalari yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz tashkil etish ishlari boshlandi. 

O`tgan bir yil davomida bu erda keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, zamonaviy arxitektura talablariga to`la javob beradigan loyiha asosida o`quv-laboratoriya binolari, ustaxonalar, yotoqxona va boshqa yordamchi binolar qurildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!