18 yoshli hindistonlik yigitning 18 santimetrli dumi olib tashlandi

11:33, 07 oktabr

Hindistonning Maxarashtra shtatida yashovchi, bir umr dumini yashirib kelgan yigitning 18 santimetrli dumi olib tashlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Nashrning ma`lumot berishicha, yigitning ota-onasi bu dumni baxt-saodat belgisi deb qaragan bo`lsa-da, uning o`zi dumidan uyalib, kiyimi bilan berkitib yurgan. Yigit 18 yoshga to`lganda, uning o`tirishiga, yotishiga xalaqit qilib, og`riq berayotgan dumdan qutulishga qaror qilgan. 

Dum yigit tug`ilgandayoq mavjud bo`lib, o`shanda ota-onasi uni jarrohlik yo`li bilan olib tashlashga ko`nmagan. Doktor Pramod Jiri (Pramod Giri)ning ma`lumot berishicha, operasiya muvaffaqiyatli o`tgan, yigit endi noqulaylik sezmaydi. Uning aytishicha, shuncha yillik tibbiy tajribasi davomida ilk marotaba bunday anomaliyaga duch kelgan. Yigitning dumi boshqa dumli odamlarnikidan uzunligi bilan farq qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!