O`zbek shou-biznesidagi yulduzli juftliklardan biri farzand kutmoqda

11:39, 07 oktabr

Yana bir taniqli juftlik ota-ona bo`lish arafasida turibdi. 

Boshlovchilar Shoh Alimovich va Oyxon Iforzoda tez kunlarda ota-onalik baxtiga sazovor bo`lishadi. Bu haqda Oyxon o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi. U o`zi va turmush o`rtog`ining bolaligidagi suratlarini sahifasiga joylashtirdi va “Qiziq bizning farzandimiz qanday ko`rinishda bo`lar ekan?”, deb yozdi. 

Unga javoban boshlovchini Instagram orqali kuzatayotganlar Oyxon va Shoh Alimovichni bu xushxabar bilan tabrikladi. 

Eslatib o`tamiz, Shoh Alimovich va Oyxon Iforzodaning to`ylari 2016-yilning 23-fevralida bo`lib o`tgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!