Amerikalik erkak yangi tug`ilgan bolasini qo`liga olgani uchun tug`ruqxonaga haq to`ladi

11:42, 07 oktabr

Amerikaning Yuta shtatida yashovchi erkak farzand ko`rgan rafiqasini tug`ruqxonadan olib chiqayotganda, tug`ruqxona ma`muriyati yangi tug`ilgan farzandini qo`liga olgani uchun ham pul to`lash lozimligi haqidagi hisob-kitob qog`ozini tutqazishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Haq summasi ko`rsatilgan hujjatning surati Imgur ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilgan. Uni besh millionga yaqin foydalanuvchi tomosha qilgan. Chaqaloqning parvarishi uchun to`lash lozim bo`lgan pul miqdori yoniga otaning chaqaloqni qo`liga olgani uchun qo`shimcha 39,35 dollar to`lashi lozimligi qo`shib qo`yilgan. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, bolaning otasi Rayan Gressli (Ryan Grassley) jarrohlik yo`li bilan dunyoga kelgan farzandini qo`liga olgan.   

Nashrning ma`lumot berishicha, hamshira ona-bolani suratga olayotgani uchun chaqaloqni otasi ko`tarib turgan. Kasalxona ma`muriyati ota chaqaloqni qo`liga olgani uchun emas, balki tug`ilgan zahoti begona odam bilan muloqotda bo`lgani uchun ketadigan qo`shimcha parvarish uchun undirilganini bayon qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!