Ledi Gaga o`zining sharafiga yaratilgan Monster High qo`g`irchog`ini namoyish qildi

11:45, 07 oktabr

Amerikalik xonanda Ledi Gaga o`zining sharafiga yaratilgan Monster High qo`g`irchog`ini namoyish qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”  nashri.

O`yinchoq “Zombi Gaga” deb ataldi. Qo`g`irchoqni qo`shiqchining opasi Natali Jermanotta yaratgan.  Ledi Gaganing Born This Way klipi uni ilhomlantirib, qo`g`irchoq yaratishiga sabab bo`lgan.

Qo`g`irchoqning pushtirang sochlari tepasiga yig`ilgan. U xuddi Ledi Gaga kabi qora kostyum kiygan, qora ko`zoynak taqqan va pushtirang saqich chaynaydi. Qo`shimcha libos ham ilova qilingan. 

Qo`g`irchoqning bahosi $29,99 deb belgilangan, 17 oktyabrdan boshlab, sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!