Shveysariyadagi besh yulduzli mehmonxona internetda shov-shuv bo`ldi

12:28, 07 oktabr

Markaziy Shvesariyadagi besh yulduzli mehmonxona haqidagi video lavhaning ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilishi internetda katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. 

Videorolikni 120 million nafar foydalanuvchi tomosha qilgan va ko`plab izohlar qoldirilgan. Videoda Firvaldshtet ko`li qirg`og`ida joylashgan, tomida basseyni mavjud, chiroyli tog` manzarasini tomosha qilish mumkin bo`lgan besh yulduzli mehmonxona aks etgan. 

Mehmonxona rahbarining ma`lumot berishicha, kecha-yu, kunduz tinim yo`q, butun dunyodan sayyohlar joy band qilish uchun buyurtma berishadi. Mehmonxonadagi nomerlar 2017 yilning aprel oyigacha band qilingan. Eng oddiy nomerda tunash ham taxminan 500 dollarga tushadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!