Jahongir Otajonov duet aytishni istagan va taklifini rad etgan xonandalari kimligini ma`lum qildi

12:47, 07 oktabr

Xonanda Jahongir Otajonov 28-29 oktyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida taqdim etiladigan “Kuz gullari” nomli konsert dasturi oldidan matbuot anjumani o`tkazgani haqida xabar bergandik.

Tadbir davomida xonandaga kim bilan duet kuylagan bo`lardingiz mazmunidagi savol bilan murojaat qilishdi. Bugungacha duet kuylamagan xonanda bunga javoban duet aytishni rad etgan va o`zi taklif etgan xonandalar kimligini aytdi.

“To`g`risi duet kim bilan ayta olishimni bilmayman. Ijodkor duet aytishni istaydi albatta, ammo buning uchun duet aytayotgan ikki san`atkor bir-birini his qila bilishi kerak. Ayrim san`atkorlardan duet kuyash takliflari ham tushgan. Masalan, menga Shahzoda duet kuylashni taklif qilganini aytishgandi. Biroq uning ijod qilayotgan janri bilan meniki bir-biridan tamomila farq qiladi, duet chiroyli chiqmasdi degan xulosaga keldim. To`g`ri, u mendan mashhurroq, ehtimol u bilan qo`shiq aytsam reytingim ko`tarilardi, lekin san`atkor buning uchun ijod qilmaydiku. Shu sababdan men bu taklifga javob bera olmadim. 

Undan avval o`zim Feruza Jumaniyozovaga duet kuylash taklifi bilan chiqqanman, biroq “ashulangni eshtib ko`ray” degan javobdan so`ng aytmadim. Sevara Nazarxonga ham Xivada birga gastrolda bo`lgan chog`imizda duet kuylashni taklif qilganndim... Ammo u bilan ham yo`nalishimiz to`g`ri kelmaydi.

Gulsanam Mamazoitova va Sogdiana (Oksana Nechitaylo)ga ham bir paytlar duet kuylash taklifini berganman, lekin duetlarni yaratishga qo`lim tegmadi. Duet aytish oson narsa emas. Duet kuylayotgan xonandalar boshidan ohirigacha birga bo`lishi va bir-birini his qila olishi kerak.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!