Betakror tart - dugonalaringizni mehmonga chaqiring!

14:41, 07 oktabr

Zarur masalliqlar: 280 gr. un, 200 gr. sariyog`, 3 dona tuxum sarig`i, 30 gr. shakar; ichiga solishga: 250 gr. olcha  murabbosi; beze uchun: 150 gr. shakar, 3 dona tuxum oqi, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Sariyog`ni un bilan aralashtiring.

2. Tuxum sarig`ini shakar bilan ko`pirtirgach, un va sariyog`li aralashmani qo`shib, xamir tayyorlang. Xamirni aylana shakldagi qolipga solib, qo`lingiz bilan yoying-da, chetlarini ko`tarib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-15 daqiqaga qo`ying.

3. Tuxum oqini muzlatkchidan olib, tuz qo`shib, yaxshilab ko`pirtiring. So`ngra shakar solib, ko`pirtirishda davom eting.

4. Issiq korj ustiga olcha murabbosini solib, ustidan bezeni quying. Gaz pechiga 10 daqiqaga qo`ysangiz, kifoya.

8 kishilik

50 daqiqa

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!