Jig`ildon qaynashining 4 chorasi

14:46, 07 oktabr

Xom kartoshka sharbati

Nahorga 1 dona kartoshka sharbatining 3/1 qismi ichiladi. Muolajani xafta davomida 2-3 marta takrorlash mumkin.

Qat-qat karam

3-4 kun davomida jig`ildon qiynashi bezovta qilsa, yangi siqib chiqarilgan karam sharbatidan yarim piyola ichish mumkin. Mazkur sharbat jig`ildon qaynashini engillashtirib, me`da ta`sirlanishini kamaytiradi.

Sabzi eng!

Taomlangandan so`ng jig`ildoningiz bezovta qilsa, bir dona qizil sabzini xomligicha iste`mol qiling-da, yarim soat hech nima tanovvul qilmang.

Bodom yoki pista

Betoqat bo`layotgan jig`ildonni bir siqim bodom mag`zi yoki shuncha miqdorda qovurilmagan kungaboqar pistasi tinchlantirishi mumkin.

ESLATMA: tavsiyalarni qo`llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Zero har bir organizm o`ziga hosdir. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!