Qahvaga qarab, fe`limizni aniqlang!

14:50, 07 oktabr

Bugun qahva ichishni xushlamaydigan kishi bo`lmasa kerak. Kimdir achchiqqina, kimdir shirin qilib, bu xushta`m ichimlikdan bir finjon ichib olsa, kayfiyati ko`tariladi. Uning qay tarzda ichishingiz esa xarakteringizga bog`liq  ekan...

  • Agar siz achchiq, ya`ni shakarsiz qahva ichishni yoqtirsangiz, demak kuchli va ma`suliyatli kishisiz. Sizni qo`rqitish qiyin. Xatolaringizni ham tan olasiz.
  • Agar qahvani shakar bilan, ammo sutsiz ichsangiz, bir qarorga kelishingiz qiyin ekan. Kimdir sizni qo`llab-quvvatlashi, to`g`ri yo`l ko`rsatishini kutasiz. Quvonarli jihati qiziqishlaringizning cheki yo`q.
  • Agar sut va shakarsiz qahva iste`mol qila olmasangiz, fe`l-atvoringiz murakkab. Ta`sirchanligingiz ham bor. Doim boshqalardan ajralib turasiz. Kayfiyatingizga qarab ish ko`rasiz.
  • Ko`pirtirilgan qahva ichish jonu dilingizmi, farosatli, ochiqko`ngil va barchaga birdek yaxshilik ulashuvchisiz.
  • Agar siz qahvaxonaga kirib,  Espresso qahvasini buyurtma qilsangiz, o`z dunyoqarashiga ega, insonparvar va optimistsiz. Siz bilan do`stlaringiz zerikmasligi aniq.
  • Latte shaydosi bo`lsangiz, hazilga usta, iki kunlik dunyoda o`ynab-kulish tarafdorisiz. Vaqtingizni ko`pchilik bilan o`tkazishni istaysiz. Yolg`izlikdan qo`rqasiz.
  • Kapuchinoni ko`nglingiz tusasa, dengizga oshuftasiz. Orzularingiz ham suvdek serob. Ular og`ushida o`zingizni baxtli his etasiz. Musiqa tinglab, orom olsangiz, barcha asabiyligingiz havoga uchadi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!