O`zbekiston va Chili Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to`g`risida Memorandum imzolandi

15:07, 07 oktabr

7 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Chilining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Xuan Eduardo Egigurenani qabul qildi.

Uchrashuv doirasida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Chili Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to`g`risida Memorandum imzolandi. Imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradagan mazkur hujjatda o`zaro manfaat kasb etadigan ikki tomonlama va xalqaro masalalar bo`yicha muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o`tkazish ko`zda tutilgan.

Muloqot davomida turli sohalarda, jumladan BMT va boshqa ko`p tomonlama tashkilotlar doirasida O`zbekiston-Chili munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun o`zaro qiziqish hamda etarli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!