Kolumbiya prezidentiga Nobel mukofoti topshirildi

15:09, 07 oktabr

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos hukumat va FARC jangarilari orasidagi ellikdan ortiq nizoni tinch yo`l bilan hal etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

2 oktyabr kuni Kolumbiyada hukumat va FARC jangarlari o`rtasida sulh tuzish yuzasidan referendum bo`lib o`tdi, 50,21 %  ovoz bilan tomonlar bitimga kelgan. Ilgari e`lon qilingan Kolumbiya armiyasi va FARC jangarilari o`rtasida o`q ochishni to`xtatish haqidagi kelishuv o`z kuchini yo`qotmagan. 

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos va guruh rahbari Timoleon Ximeneslar sentyabr oyi oxirida tinchlik yo`li bilan tuzilgan bitimga imzo chekishgan. Bu bitimda og`ir harbiy jinoyatlarni amalga oshirganlar, sobiq jangarilarga amnistiya qo`llash ham ko`zda tutilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!