Manxetten ko`prigiga Putinning katta suratini osib ketishdi

15:10, 07 oktabr

Notanish odamlar Rossiya prezidentining suratini Nyu-Yorkdagi Manxetten ko`prigiga osib ketishdi.

New York Post nashrining xabar berishicha, polisiya juda tez fursatlarda katta bannerni ko`prikdan olib tashladi.

Nyu-York polisiyasidan xabar berishlaricha, ushbu aksiyani kimlar tashkil etganligi noma`lum, hech qanday jazo choralari ko`rilmagan. Guvohlar portret ikkita erkak tomonidan osib qo`yilganligini aytishmoqda.

Rossiya bayrog`i ustida aks etgan Vladimir Putinning plakatiga «tinchlikparvar» degan yozuv yozilgan.

Surat tez fursatlarda ijtimoiy tarmoqlar bo`ylab tarqalib ketdi, internet foydalanuvchilar mazkur harakat Rossiya prezidentining tavallud ayyomi, 64 yoshligi munosabati bilan tashkil etilganligini aytishmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!