Guruchdan gumbaz - faqat osh pishiraverasizmi?

15:30, 07 oktabr

Zarur masalliqlar: 600 gr. go`sht qiymasi, 2 stakan guruch, 75 ml. o`simlik yog`i 1 bosh piyoz, 4 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 dona bulg`or qalampiri, yarim bog` ko`katlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Guruchni qaynoq suvga solib, 10 daqiqa iviting-da, so`ngra sovuq suvda yaxshilab yuving. 4 stakan suv solib, qozon qopqog`ini yopib, past olovda 25-30 daqiqa dimlang.

2. Sabzavotlarni maydalab to`g`rab, go`sht qiymasi bilan qovuring. Tuz, murch qo`shing. Pishishiga oz qolganda maydalangan ko`katlarni solasiz.

3. Chuqurroq qolipga zar qog`ozni joylang. O`simlik yog`idan surting-da, dimlangan guruchning yarmini solib, idish bo`ylab yoyib chiqing. Keyin go`sht qiymasini solasiz. Va qolgan guruchni bir tekis qilib yopasiz. Zar qog`oz bilan taom ustini berkitib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo`ying.

4 kishilik

1 soatu 20 daqiqa

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!