AQShning Florida shtatidagi eng ulkan “Disneylend” yaqinlashib kelayotgan dovul tufayli yopildi

15:31, 07 oktabr

Walt Disney kompaniyasi “Metyu” dovuli yaqinlashayotganligi tufayli Florida shtatida, Orlando shahri yaqinida joylashgan “Uolt Disney butunjahon asosiy dam olish markazi”ni yopishga majbur bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri

“Metyu” dovulining yaqinlashib kelayotgani haqidagi ma`lumotlar tufayli dam olish markazidagi Walt Disney World kompleksi, akvapark, Disney Springs savdo markazi, golf maydoni va ESPN Wide World sport kompleksi bugun, 7 oktyabr kuni yopilgan.

“Uolt Disney butunjahon asosiy dam olish markazi” 100 kvadrat kilometrni tashkil qilib, maydon jihatdan eng katta markaz hisoblanadi. Markazda ikki akvapark, 20 ta mehmonxona, bir qancha restoranlar, kafe, attraksion va saylgohlar mavjud. 

“Metyu” dovulining tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil qilib, eng kuchli besh dovulning biridir. AQSh prezidenti Barak Obama “Metyu” dovuli yaqinlashayotganligi tufayli uch shtat — Florida, Janubiy Karolina va Jorjiyada favqulodda holat e`lon qilgan edi. Shtat ma`muriyatiga bu erda yashovchi 2 milliondan ortiq aholini evakuasiya qilish, joy bilan ta`minlash vazifasi yuklatilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!