Sochingiz qaysi turga mansub? Farqlashni o`rganing!

15:33, 07 oktabr

NORMAL  SOChLAR

Qanday bo`ladi?

•          Quyosh nurida jilolanadi, yaltiraydi;

•          Soch tolasi “gullamaydi”;

•          Oson taraladi;

•          3 kun davomida kirlanmay, hajmini saqlaydi.

Sochingiz normal turga kirsa ham, bu sog`lom degani emas. Ular ham parvarishga muhtoj.

Qanday yuviladi?

Normal turdagi sochlarni 4-5 kunda bir yuvish tavsiya etiladi. Lekin bu qat`iy vaqt oralig`i degani emas, soch va bosh terisi holatiga ko`ra yuvish oralig`ini kamaytirish yoki uzaytirish mumkin. 

Qaysi shampun to`g`ri keladi?

•          Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

•          Kuchli tozalovchi shampun

•          2tasi 1da shampun va kondisioner

•          Hamma turdagi sochlar uchun shampun

•          Normal turdagi sochlar uchun shampun

QURUQ SOChLAR

Qanday bo`ladi?

•          Rangi xira bo`lgani uchun yaltiramaydi;

•          Oson chigal bo`ladi, tarash qiyin;

•          Uchi “gullaydi”;

•          Sinuvchan;

•          Yaxshi jihati, bir hafta davomida tozadek ko`rinadi.

Qanday yuviladi?

Quruq sochlar ko`p ham kirlanmaydi, 5-7 kunda bir marta yuvsa bo`ladi. Bu turdagi sochlarni parvarishida balzamlardan foydalanish quruqlikni bartaraf etishda yordam beradi.

Qaysi shampun to`g`ri keladi?

•          Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

•          Kuchli tozalovchi shampun

•          2tasi 1da shampun va kondisioner

•          Hajm beruvchi shampun

•          Quruq va sinuvchan sochlar uchun shampun

YoG`LI SOChLAR

Qanday bo`ladi?

•          Xira;

•          Yaltiraydi, lekin yog`lar hisobiga;

•          Tez kirlanadi;

•          Yuvilganidan bir kun o`tib, sochlar yopishib qolaveradi;

•          Soch turmagi uzoq saqlanmaydi.

Qanday yuviladi?

Sochlarni har kuni yuvish tavsiya etilmasa-da, yog`li soch egalarining boshqa choralari qolmaganidan shunday qilishga majbur bo`lishadi. Kun ora yuvgan ma`qul. Yog`li sochlarni yuvishda suv harorati pastroq bo`lishi lozim. Chunki issiq suv bosh terisida yog` ajralib chiqishini yanada oshirib yuborishi mumkin.

Qaysi shampun to`g`ri keladi?

•          Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

•          Kuchli tozalovchi shampun

•          2tasi 1da shampun va kondisioner

•          Yog`li sochlar uchun shampun

•          Balzamdan ko`p foydalanish yog`lilik darajasini oshiradi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!