Dunyodagi eng og`riqli parkovka: haydovchi o`z joyini 21-urinishda tark etdi (VIDEO)

15:45, 07 oktabr

Britaniyaning kuzatuv kameralaridan yozib olingan video “eng og`riqli” parkovka degan nomni oldi. The Sun tomonidan nashr etilgan videoda haydovchi avtoturargohni 21 marta urinishdan so`ng tark etganini guvohi bo`lish mumkin.

Kadrda xorijiy rusumdagi avtomobil birin-ketin avtomobillar orasidan chiqib ketish uchun harakat qilayotgani va har gal buning uddasidan chiqa olmay yonidagi avtomobilga yangidan-yangi zarar etkazayotganini ko`rish mumkin.

15-urinishda haydovchi parkovkani tark etishga muvaffaq bo`ldi.

Xullas quyidagi havola orqali jarayonni o`zingiz guvohi bo`ling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!