Xayoliy xiyonatning 9 belgisi

16:03, 07 oktabr

Xiyonatni har kim har xil tushunadi. Ayrim ayollar uchun erlarining hamkasabasi bilan birga tushlik qilishi ham xiyonat hisoblansa, boshqalar erining ochiqchasiga birov bilan yurishiga ham e`tibor bermaydi.  Xayoliy xiyonat bu—jinsiy xiyonat emas, biroq erkak yoki ayolning “uchinchi shaxs” bilan xayolan o`ta yaqinligi. Aksariyat psixologlarning fikricha, xayoliy xiyonat ham oilalar buzilishiga jinsiy xiyonatdan kam ta`sir o`tkazmaydi. Quyidagi belgilar bilan tanishib, siz nikohingizga “uchinchi shaxs” xavf solayotgani yoki unday emasligini aniqlab olishingiz mumkin.

1. Eringizning telefonida uning uchun maxsus musiqa o`rnatilgan

U qo`ng`iroq qilayotganini eringiz maxsus, uning uchun o`rnatilgan musiqadan biladi. Bu haqda so`raganingizda esa eringiz bu qo`shiq ularning “umumiy qo`shig`i” ekanligi bilan izohlaydi.    

2. Ularning ikkalasigina tushunadigan xazillari bor. 

Bunday hollar hamkasblar o`rtasida bo`lishi tabiiy hol. Biroq sizning qiziquvchanligingizga “Sen buni tushunmaysan” deb javob berishsa, demak bu haqda jiddiy o`ylab ko`rishning fursati keldi. 

3. U sizni u bilan solishtiradi

Agar eringiz sizdagi qaysidir xislatni unikidan ustun qo`yishini aytsa ham, bu tashvishlanish uchun asos bo`ladi. U siz va “uchinchi shaxs” ni solishtiryapti. 
 
4. U tasodifan sizni uning ismi bilan chaqirib yubordi

Agar bu holat jinsiy yaqinlik paytida kuzatilsa, demak eringiz u haqda o`ylayapti. 

5. Kutilmaganda uning yangi xobbisi paydo bo`ldi

Kap-katta odamlar shunchaki yangi mashg`ulotga qiziqib qolishmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarga bo`lgan qiziqishning ortida aslida boshqa maqsadlar bo`lishi mumkin.   

6. U sizlarning do`stlashishingizni xohlashini aytadi

Keyinroq esa sizlar uchrashib qolmasliklaringiz uchun qo`lidan kelgan barcha chora-tadbirlarni qo`llaydi. Siz uchrashib qolishingiz mumkin bo`lgan holatlarda esa har safar rejalar o`zgaraveradi. U sizlar bir-biringizni ko`rib qolishingizni ham istamaydi.     

7.  Eringiz uning eri unga munosib emas deb hisoblaydi

Eringiz uning yaxshiroq insonga munosibligini aytadi.  U bu harakati bilan uni sevib qolganini tan olgisi kelmayotganini bildirib qo`yadi. 
  
8. Eringiz uni taniganiga 5 yil ham bo`lmadi, biroq u eringizga singlisidek bo`lib qolgan.

Bu juda shubhali holat. 

9. Eringiz u bilan do`konlarga boradi

Ha, bu jinsiy yaqinlik emas. Biroq, yangi kiyim kiyib ko`rish juda yaqin munosabatlarni boshlab berishi mumkin. 
 
Xulosa qilib aytganda, bu narsalar alohida-alohida ko`rinishda xavfli bo`lmasligi mumkin. Biroq, turmush o`rtog`ingizda mana shu belgilardan bir nechtasini kuzatsangiz, xavotirlanishingiz uchun asos bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!