Semizmisiz yoki ozg`in? Aniqlaymiz!

16:28, 07 oktabr

 

Kuz kelgach, yozda tutgan parhezimiz yoddan chiqib, o`zimizni bo`sh qo`yamiz. Negadir shu faslda ortiqcha kilogrammlarimiz ko`paysa ko`payadiki, kamayishi qiyin. Xo`sh kuzda ham, qishda ham ortiqcha santimetrlardan xalos bo`lishning imkoni bormi? Buning uchun nima qilish lozim. Bu savollarga dietolog Dmitriy Vdovin bilan birgalikda oydinlik kiritamiz.

Tana vazni indeksi

Keling, eng avval chindan ham vaznimiz keragidan ortiqmi, yo ko`zgu bizga noto`g`ri ma`lumot berayaptimi, shu masalaga oydinlik kiritib olaylik. Buning uchun esa tana vazni indeksi (TVI)ni hisoblash talab etiladi. Demak, vazn og`irligi (kilogrammda) kvadratini bo`y balandligiga (metrda) bo`lamiz. Masalan vazningiz 98 kg., bo`yingiz esa 1,75 m. (Bo`y balandligini kvadratini chiqarish uchun yana shu songa ko`paytirish darkor. Ya`ni 1.75X1.75=3.06, shunda 98/3.06=32.02. Natija 32.2ga teng. Qolganini jadvalga qo`yib bering.

 

Tasnif

Tana vazni indeksi, kg/m2

Daraja

Vazn etishmasligi

18,5 va undan kam bo`lsa

Tana vazni me`yoridan past

Me`yor

18,5-24,9

Me`yor

Vazn me`yordan yuqori

25,0-29,9

Me`yordan biroz yuqori

I darajali semizlik

30,0-34,9

Yuqori

II darajali semizlik

35,0-39,9

Me`yordan ancha baland

III darajali semizlik

40,0 va undan yuqori

Xavfli daraja
 

Yodingizda bo`lsin, TVI jadvali sportchilar, 20 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta kishilar, homilador va emizikli ayollar vazn indeksini noto`g`ri hisoblashi mumkin.

 

Ishtahani nazorat qilamiz!

Mana, o`z tanangiz haqida ma`lumotga ega bo`ldingiz. Garchi natija siz istagandek chiqmagan bo`lsa-da, tushkunlikka tushmang. Muhimi, o`zimiz uchun me`yor hisoblangan indeksni bilib oldik. Endi shu me`yorga qarab intilish lozim. Tan olish kerak, bu xipchabellik tomon tashlagan ilk qadamdir. Ammo nimagadir shu kungacha uzog`i ikki haftadan keyin dastlabki ishtiyoq biroz susayib, atigi bitta dona konfetni tusagan ko`ngil bora-bora muzqaymoq, bir bo`lak shirinlik va oxir-oqibat tortni talab qila boshlaydi. Buning bariga ishtahani nazorat qila olmaslik sababdir. Agar qaroringiz qat`iy bo`lsa kundalik tanavvul qilgan barcha taomlaringizni ro`yxatini tuzib borasiz. U sizga eguligiklar tarkibi va miqdorini nazorat qilishga yordam beradi. Bunda eguliklarning vaznini aniqlash uchun tarozilardan foydalansangiz, nur ustiga a`lo nur. Demak, jadvalni taxminan quyidagicha tuzish mumkin:

Ovqatlanish vaqti

Taom nomi va miqdori

Tarkibi

Nonushta 8:15

Ikkita qaynatilgan tuxum (140g), ikki bo`lak non(75 g.), bir piyola shakar choy (150 ml.)...

Tuxum, non, choy, shakar

Tushlik 13:00

Bir kosa lag`mon (435g.), bir bo`lak non (50g. )...

Suv, go`sht, piyoz, yog`, pomidor, bulg`or qalampiri,  xamiriga: un, tuxum, suv...

Ha aytgandek, dietolog qabuliga borishga qaror qilgan bo`lsangiz, uch kun davomida tanovul qilgan taomlaringizni mana shunday jadval qilib olib boring.

Shu o`rinda biz odatda uch mahal tanovul qiladigan taomlarni besh yoki olti mahalga bo`lib chiqish ham tana vaznining sezilarli darajada kamayishiga turtki bo`ladi.

Qanday ovqatlansak, to`g`ri bo`ladi?

Taom va ovqatlanishni aslida ikki xil narsa deb tasavvur qilish lozim. Taom bu: lag`mon, manti, osh... Ovqatlanish tartibiga esa oqsillar, uglevodlar, yog`lar, vitamin va mikroelementlarni kiritish mumkin. Demak, to`g`ri ovqatlanish uchun reproduktiv (tug`ish) yoshdagi sog`lom ayol kuniga 80-85 gr. oqsil, 30 gr. o`simlik va 20 gr. boshqa yog`lar, 50-150 gr. uglevod iste`mol qilishi lozim.

Organizmimga qancha miqdorda kilokalloriya lozim degan savol tug`ilgandir?.. Unga aniq javobni esa dietolog bilan birga topgan ma`qul. Chunki har bir insonning ovqatlanish va hayot tarzi individual bo`lib, alohida yondashuvni talab etadi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!