O`zbekiston delegasiyasi Litva Respublikasi Seymi deputatlari saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etmoqda

16:49, 07 oktabr

Markaziy saylov komissiyasi raisining o`rinbosari K.Adilov boshchiligida O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi 2016 yil 9 oktyabr kuni bo`lib o`tadigan Litva Respublikasi Seymi deputatlari saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etmoqda.

Saylovlarning xalqaro kuzatuvi demokratiyani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishning eng shaffof usullaridan biri hisoblanadi. Bu saylov jarayoni ochiqligi va oshkoraligi tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

O`zbekiston vakillari 2015 yilda Litvaning mahalliy saylovlarida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishgandi. O`z navbatida Litva Respublikasi parlamenti va Markaziy saylov komissiyasining a`zolari 2014 va 2015 yilda mamlakatimizda bo`lib o`tgan parlament va prezident saylovlarini kuzatishda qatnashgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi, Islom hamkorlik tashkiloti, Umumjahon saylov organlari assosiasiyasi kabi xalqaro tashkilotlarga hamda xorijiy davlatlarning ko`plab vakillariga joriy yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etishga taklifnomalar yubordi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!