Karlo Anchelotti dunyodagi eng yaxshi murabbiylar nomini ma`lum qildi

17:16, 07 oktabr

Germaniyaning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “Lester Siti” ustozlari dunyoning eng yaxshi murabbiylar qatoriga kirishini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda “Championat.com”.

“Pep Gvardiola, Joze Mourino va Klaudio Raneri dunyodagi eng yaxshi murabbiylar qatoriga kiradi. Dunyoda mutaxassislar ko`p va barchasining ishini hurmat qilaman. Ishimiz oson emas, biz doimo katta bosim ostida bo`lamiz”, – dedi Anchelotti.

Ma`lumot uchun, ialiyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, “PSJ” va “Real” kabi jamoalar bilan ishlagan.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!