O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidentini tavallud kuni tabrikladi

21:00, 07 oktabr

2016 yil 7 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev bilan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. 

O`zbekiston rahbari Rossiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi serqirra faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tiladi. 

O`zbekistonda Vladimir Putinning mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash hamda rivojlantirishga qo`shayotgan shaxsiy hissasi yuksak qadrlanadi. 

Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo`yicha turli darajada O`zbekiston – Rossiya muloqotlari faollashayotganini mamnuniyat bilan ta`kidladilar. 

O`zbekiston va Rossiya rahbarlari o`zaro hamkorlikka doir boshqa qator masalalar va ayrim xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashdilar. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!