JCh–2018. Portugaliya Ronalduning “pokeri” evazigi Andorrani yirik hisobda taslim qildi (Video)

09:46, 08 oktabr

Evropa qit`asidan JCh–2018 turniriga saralash bahslari davom etmoqda. Saralash bosqichining "B" guruhi 2-turida Portugaliya terma jamoasi o`z maydonida Andorra futbolchilarini qabul qilib, 6:0 hisobida zafar quchdi.

Ushbu o`yinda Ronaldu to`rtta gol kiritib, "poker" qayd etgan bo`lsa, Joau Kanselu va Andre Silva bittadan gol kiritdi.

“V” guruhida, shuningdek, yana ikkita o`yin o`tkazildi. Latviya o`z maydonida Farer orollariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shveysariya esa safarda Vengriyani 3:2 hisobida taslim qildi.

JCh–2018 saralashi. “B” guruhi, 2-tur

Portugaliya – Andorra 6:0  
Gollar:
 1:0 – 2 Ronaldu, 2:0 – 4 Ronaldu, 3:0 – 44 Joau Kanselu, 4:0 – 47 Ronaldu, 5:0 – 68 Ronaldu, 6:0 – 86 Andre Silva. 

Latviya – Farer orollari 0:2 
Gollar: Nattestad, 19, Edmundsson, 70 

Vengriya – Shveysariya 2:3 
Gollar: Salai, 53, 71 – Seferovich, 51, Rodriges, 67, Shtoker, 89 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!