Qiymali pirog - yangilikka tobingiz qalay?

09:48, 08 oktabr

Zarur masalliqlar: 500 gr. go`sht qiymasi, 250 gr. smetana, 150 grammdan un va pishloq, 3 dona tuxum, 2 bosh piyoz, 1 choy qoshiq xamir yumshatgich, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Go`sht qiymasiga go`shtqiymalagichdan o`tkazilgan piyozni qo`shib, aralashtiring. Tuz, murch sepishni unutmang. So`ngra yong`oq kattaligida «sharcha»lar yasab, muzxonaga qo`ying.

2. Tuxumni engil ko`pirtirib, smetana qo`shing. So`ngra un, xamiryumshatgich va tuz solib, quyuqroq xamir tayyorlang. Xamirni aylana shakldagi yog`langan qolipga quyib, go`shtli «sharcha»larni joylang.

3. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazib, pirog ustidan seping-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

6 kishilik. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!