Ishni ham, oilani ham uddalash uchun 10 maslahat

09:55, 08 oktabr

Ba`zan sevimli ishiga sho`ng`ib ketgan ayollar kunu tun shu bilan mashg`ul bo`lib qoladilar. Va oilasiga, yaqinlariga vaqt ajratolmaydilar. Hatto ularni ham o`z muammolari domiga torta boshlaydilar.  Shunday hol yuzaga kelguday bo`lsa, aynan ularga atalgan 10 masalahat bor.

1. Oila bilan ishni uyg`unlashtirish lozim, ularni qarama-qarshi tomonga qo`yish kerak emas.

2. Agar sizni nimadadir ayblashsa, ob`ektiv tanqidni xotirjam tinglang, ammo tanqid o`rinsiz bo`lsa, bunga nisbatan o`z fikringizni aytishga o`rganing.

3. Ishdagi muammolaringiz bilan uydagilarni qiynamang. Ular ishda hal etilshi lozim.

4. Yaqinlaringiz bilan sizning mansabga ko`tarilishingiz qanday vaziyatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan muhokama qiling, ammo yaxshi tomonlarini ham aytib o`ting.

5. Bo`sh vaqtingizni ko`proq bolalaringiz va turmush o`rtog`ingizga sarflang.

6. Xo`jalik yuritishning oddiyroq usulini tanlang. Bozor-o`charni turmush o`rtog`ingizga yuklang. Ovqat pishirishda ham ko`proq oddiylikka e`tibor qarating. Ideal beka bo`lish istagidan ko`ra yaxshi xotin va ona bo`ling.

7. Ishga borgunga qadar vaqtingizni televizor ko`rishdan ko`ra,  oilangizga bag`ishlashingiz samarali bo`ladi.

8. Kechki vaqtingizni uy yig`ishtirish, kir yuvish kabi ishlarga bag`ishlagandan ko`ra bolalaringizga sarflashingiz foydaliroq. Bu ishlarni esa ularni uxlatib ham bajarish mumkin.

9. Dam olish kunlarini iloji boricha unumli taqsimlashga intiling. To`g`ri, turli to`y-ma`rakalar, borishingiz shart bo`lgan joylar ko`p. Ammo unday joylarda ham ko`p qolib ketmaslikning yo`li bor.
10. Mehnat ta`tilingizni albatta oila davrasida o`tkazishingiz shart.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!