Yuragingizni test orqali tekshirib ko`ring!

10:04, 08 oktabr

Quyidagi test orqali organizmingizda kuzatilayotgan o`zgarishlarga aniqlik kiritishingiz mumkin.

1. Lohaslik qiynamaydimi?

  • Ha, tez-tez shunday bo`ladi – 3 ball
  • Yo`q, doim tetikman – 0 ball
  • Ba`zan lohas va quvvatsiz bo`lib qolaman. Ayniqsa, asabiylashsam – 1 ball    

2. Uyqusizlik bezovta qiladimi?

  • Tunda bir necha marta uyg`onib ketaman – 2 ball
  • Uxlashim juda qiyin – 2 ball
  • Uyqusizlik bezovta qilmaydi – 0 ball

3. Qon bosimingiz ko`tarilib ketmaydimi?

  • Yo`q – 0 ball
  • Ba`zan shunday bo`lib turadi – 4 ball

4. Zinadan ko`tarilayotganda nafas qisishi yoki hansirash kuzatilmaydimi?

  • Shunday bo`ladi – 4 ball
  • Yo`q – 0 ball
  • Uchinchi qavatdan keyingilariga chiqishda hansirab qolaman – 2 ball

5. Sport bilan shug`ullanasizmi?

  • Yo`q, bunga vaqtim etmaydi – 5 ball
  • Haftasiga 1-2 marta sport mashqlarini bajarib turaman –1 ball
  • Kunora yugurish va velosipedda sayr qilishni kanda qilmayman – 0 ball

6. Jismoniy faollik yoki stress holatlarida yuragingiz tez urib ketadimi?

  • Ha – 7 ball
  • Yo`q, hech qachon kuzatilmagan – 0 ball

 7. Asabiymisiz?

  • Tez-tez asabiylashaman – 3 ball
  • Asabimni nazorat qila olaman – 0 ball
  • Vaqti-vaqti bilan asablarim taranglashishi mumkin – 2 ball

8. Yaqinlaringiz orasida infarkt holatlari uchraganmi?

  • Ha, 45-50 yoshli qarindoshlarim orasida bo`lgan – 7 ball
  • Ha, 60-70 yoshdagi oila a`zolarim orasida kuzatilgan – 5 ball
  • Yo`q bo`lmagan – 0 ball

9. Ovqatlanish tartibingiz qanday?

  • Iloji boricha foydali mahsulotlarni tanlayman – 0 ball
  • Yog`li va xamirli taomlarni yoqtiraman – 4 ball
  • Ba`zan zararli mahsulotlarni tanlashim mumkin – 1 ball

Natijalar:

To`plagan natijangiz 0 dan 12 ballgacha bo`lsa:

Yurak qon-tomir kasalliklariga chalinishingiz ehtimoli kam, deyish mumkin. Shunday bo`lsa-da, 35 yoshdan so`ng yiliga bir marotaba shifokor ko`rigidan o`tib turing.

12 ball va undan yuqorisi:

Kichik bezovtaliklar organizmingizdagi ogohlantiruv belgisi bo`lishi ham mumkin. Har ehtimolga qarshi kichik bezovtaliklarda ham mutaxassisga uchrang.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!