«Toshbaqa» salati - chaqqongina kelinlar uchun taklif!

10:44, 08 oktabr

Zarur masalliqlar: 200 gr. tovuq go`shti, 150 grammdan pishloq va yong`oq mag`zi, 2 dona olma, 1 bosh piyoz, mayonez, 1 choy qoshiq 9 foizli sirka, yarim choy qoshiqdan tuz va shakar, ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. 150 ml. suvga sirka va shakarni solib, piyozni 20-30 daqiqa marinadlab qo`ying.

2. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazing. Qaynatilgan tovuq go`shtini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. Qaynatilgan tuxum sarig`i va oqini mayda tishli qirg`ichdan alohida-alohida o`tkazing.  Olmani ham qirg`ichdan o`tkazishni unutmang.

3. Masalliqlarni ushbu tartibda joylashtirasiz: tuxum oqi+mayonez+tovuq go`shti+mayonez+piyoz+olma+pishloq+mayonez+tuxum sarig`i va mayonez aralashmasi.

4. Endi yong`oq mag`zini salat ustiga xuddi toshbaqa toshidek joylashtirasiz. Tuxum oqidan «bosh» va «oyoq»larini yasab, ko`katlar bilan bezating. 1-2 soat oldin muzlatkichda turganidan so`ng dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

6 kishilik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!