Server Jeparov O`zbekiston termasidagi o`yinlari soni bo`yicha Temur Kapadzega tenglashib oldi

10:53, 08 oktabr

O`zbekiston terma jamoasi hamda Toshkentning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronga qarshi (0:1) JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 3-turida maydonga tushib, terma jamoa safidagi 119-o`yinini o`tkazdi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishia, Jeparov o`yinlar soni bo`yicha birinchi o`rindagi turgan Temur Kapadzega etib oldi. Yarim himoyachi O`zbekiston safida yana bir o`yin o`tkazsa, yangi rekordchiga aylanadi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy terma jamoasi safida 2002 yildan buyon to`p tepib kelayotgan Jeparov 119 o`yinda 25 ta gol kiritgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!