Astana shahar hokimi muovinining kitobi Londonda o`tkaziladigan adabiyot festivalida namoyish qilinadi

10:57, 08 oktabr

Qozog`iston respublikasi Astana shahar hokimi muovini Ermek Amanshaevning “O`g`il” nomli qissasi Londonda o`tkaziladigan "Open Eurasian Literature festival & Book forum" xalqaro festivalida ishtirok etadigan bo`ldi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Ayni kunlarda Ermek Amanshaevning asarlari Qozog`istonda o`quvchilar tomonidan sevib o`qilmoqda. Uning “O`g`il” nomli qissasida muhabbat va kechirim haqida so`z yuritiladi. Bu mavzu g`arb tanqidchilari diqqatini tortdi.  

Buyuk Britaniya nashriyotlarining ta`kidlashicha, asar ingliz o`quvchilarining qalbiga yo`l topa oladi. Ermek Amanshaev rahbarligida “Qozoqfilm” kinostudiyasida suratga olingan filmlar xalqaro kinofestivallarda bir qancha mukofotlarni ham qo`lga kiritgan. U olti yil mobaynida kinostudiyaga rahbarlik qilgan, 2014 yilda Astana shahar hokimi muovini lavozimiga tayinlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!