“Islom ota” masjidining ochilish marosimiga mingdan ortiq mehmon tashrif buyurdi (Foto)

11:15, 08 oktabr

7 oktyabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga nomlangan “Islom ota” masjidining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan masjidning ochilish marosimi Qur`on tilovati bilan boshlandi.

Mazkur muborak maskanga keng jamoatchilikning taklif va istaklarini inobatga olib, xalqimiz uchun suyukli va fidoiy inson, taniqli davlat arbobi, O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotiralarini qadrlash maqsadida “Islom ota” nomi berildi.

Alohida ta`kidlab o`tish lozimki, masjid huzurida ilk bor kutubxona tashkil etildi. Ushbu kutubxona chop etilayotgan yangi nashrlar bilan birga, qo`lyozma hamda nodir manbalar bilan ham boyitildi. Shuningdek, masjidda turli ma`naviy-madaniy tadbirlarni o`tkazishga mo`ljallangan 80 kishilik majlislar zali ham qurildi. Chindan ham, masjidlar namozgoh bo`lishi bilan birga halqimiz ma`naviyat markazi, ta`lim-tarbiya maskani hamdir. 

Eslatib o`tamiz, masjid avval “Jo`rabek” nomi bilan atalgan bo`lib, u 2015 yilning aprel oyi so`ngida yong`indan zarar ko`rgan edi. 

Mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan masjidning ochilish marosimi Qur`on tilovati bilan boshlandi. O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov mamlakat musulmonlarini yangi ochilgan masjid bilan muborakbod etdi.

Masjid huzurida ilk bor kutubxona tashkil etildi. Ushbu kutubxona chop etilayotgan yangi nashrlar bilan birga, qo`lyozma hamda nodir manbalar bilan ham boyitildi. Shuningdek, masjidda turli ma`naviy-madaniy tadbirlarni o`tkazishga mo`ljallangan 80 kishilik majlislar zali ham qurildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!