OAVlar Anjelina Jolining yangi ishqiy sarguzashtlari haqida bong urdi

11:21, 08 oktabr

Gollivudning go`zal juftliklaridan biri hisoblangan Anjelina Joli va Bred Pitt juftligi endi yarashmaydigan ko`rinadi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru/news” nashri.

Yaqinda Anjelina badanidagi Pittning sharafiga chizdirgan barcha tatuirovkalarni o`chirib tashladi. Bunga aktrisaning yangi oshig`i sabab bo`lgan, degan taxminlar ilgari surilgan. The Hollywood Life nashrining yozishicha, aktrisaning yangi oshig`i Yaqin Sharqda yashovchi millioner odam bo`lib, Anjelina Joli BMTning ko`ngilli elchisi hisoblangani bois, ular BMT da o`tkazilgan xayriya ishlariga bag`ishlangan kechada tanishishgan.   

Joli ajrim haqida ma`lum qilganidan bir oy o`tib, sobiq eriga bolalar bilan uchrashishga ruxsat bergan. People jurnalining bergan ma`lumotiga ko`ra, bu uchrashuv juda hayajonli kechgan. Ayollar qalbini zabt etishga ustasi farang bo`lgan Bred Pitt olti farzandidan ayrilganidan juda qiynalmoqda. Pitt bolalari bilan bir necha soat birga bo`lgan. Bolalarga Jolining o`zi vasiylik qilmoqda. Hozirda er-xotin vaqtinchalik bitimga kelib, Pittning bolalar bilan qisqa muddatga uchrashishiga kelishishgan va qat`iy cheklovlar qo`yilgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!