Tramp ayollarni haqorat qilgani uchun uzr so`radi

11:48, 08 oktabr

AQSh prezidentligiga nomzodi ko`rsatilgan Donald Tramp internetda ayollar sha`niga aytgan haqoratomuz so`zlari uchun uzr so`ragan vidaomurojaatni e`lon qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

OAVlar 2005 yilda suratga olingan, AQSh respublikachilar partiyasi tomonidan prezidentlikka nomzodi qo`yilgan Donald Trampning ayollarga nisbatan shilqimlik qilganini maqtanib gapirayotgani aks etgan videoni oshkor etgan.

“Men hech qachon o`zimni beayb, ideal odam deb hisoblamaganman, haqiqiy qiyofamni hech qachon yashirmaganman. Ba`zi bir qiliqlarim, aytgan gaplarim uchun afsusdaman. Bugun videoda yangrayotgan so`zlarni bundan o`n yil ilgari gapirganman. Aslida qanday odam ekanligimni yaxshi bilgan har bir kishi meni to`g`ri tushunadi, deb umid qilaman. O`shanda aytganlarimning barchasini xato gaplar deb hisoblayman, bu so`zlarim uchun ayollardan uzr so`rayman”, dedi Tramp.

“O`shanda axmoqona gaplarni o`ylamay gapirganman. Gapirgan gapim bilan harakatlarim o`rtasida katta farq bor. Bill Klinton ham ayollarni haqorat qilgan, Xillari esa uni qo`rqitib, uyaltirgan, qurbonlar bilan tahdid solgan. Biz bu masalalarni ham yaqin kunlarda muhokama qilamiz”, deb qo`shimcha qildi siyosatchi. 

Washington Post gazetasi juma kuni 2005 yilda Donald Trampning ayollarga qilgan shilqimligini maqtanib gapirgani haqidagi videoni oshkor etgan. Video bundan o`n yil ilgari suratga olingan bo`lib, unda Tramp teleboshlovchi Bill Bush bilan o`zi suratga tushgan, kichik rolni o`ynagan melodrama haqida suhbatlashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!