«Qaynonam yotog`imizga aralashaveradi...»

11:58, 08 oktabr

–     3 yildan beri farzand ko`rolmayapmiz. Er-xotin birgalikda davolandik, foydasi bo`lmadi.  Qaynonam har ikki gapning birida shu haqda qistirib o`tadi. Alam qilgani yotib-turishimizgacha aralashadi. Kelin bo`lib tushganimdan beri shu ahvol, yotoqxonaga kirganimiz hamon yo o`g`lini, yo meni chaqirtirib, turli bahonalarni o`ylab topadi. Farzand ko`rolmayotganimizga shuning ham ta`siri bormi, deb o`ylab qolaman ba`zida.

L.F

Savolga psixolog Mohira TO`XTAXONOVA javob beradi:

– Bunday vaziyatda avvalo, tinchlanib olish zarur. Barcha gina-quduratlarni unuting. Qaynonangizga nisbatan yanada xushmuomala bo`ling. Sizga nisbatan muomalalari ijobiy tomonga o`zgargach, ochiq gaplashib olishingiz mumkin. Farzandsizlik muammosiga kelsak, iqlimni o`zgartirishni ham bir o`ylab ko`ring. Ma`lum vaqt boshqa joyda yashashingiz ham kutilmaganda bo`yida bo`lishingizga yordam bersa, ajabmas. Har holda bu tibbiyotda qo`llaniladigan eng sinalgan usullardan biri.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!